Bepul
- Oddiy va toza dizaynlar
- O'zingiz to'ldirasiz
- Admin tasdiqlagach havola ishlaydi
To'y, marosim va interaktiv taklifnomalar
Shablonni tanlang, ismlar, sana va manzilni yozing. Chiroyli onlayn taklifnoma, ulashish havolasi va mehmonlar javobini biz tayyorlab beramiz.
Namunalar
Har bir namuna jonli: ochib, oxirigacha bosib ko'ring. Ismlar, matnlar va savollar sizning tadbiringizga moslab o'zgartiriladi.
To'y va marosimlar
Nikoh, fotiha, sunnat, beshik to'yi va yubiley uchun. Muqova surib ochiladi, to'ygacha qolgan vaqt sanaladi, manzil xaritada, mehmonlar javob beradi va tilak qoldiradi.
Qanday ishlaydi
Telegram yoki Google orqali kiring va katalogdan yoqqan shablonni tanlang.
Ismlar, sana, manzil, rasmlar va musiqani qo'shing. Natijani telefon ko'rinishida darhol ko'rasiz.
Nashrga yuboring: admin tekshirib tasdiqlagach, havola ishga tushadi. Javob va tilaklar kabinetingizda.
Tariflar
Har bir shablonning narxi uning darajasiga bog'liq. Aksiya vaqtida narxlar belgilangan sanagacha pasayadi.
Har bir tarifda: fon musiqasi, fotoalbom, xarita, mehmonlar javobi, tilaklar, to'yona kartasi va Excel/Word hisobot.
Alohida dizayn
Nikoh taklifi, korporativ kecha, sovg'a kutilmagani yoki boshqa g'oya. Ranglar, animatsiyalar va savollarni noldan sizga moslab yaratamiz.
Buyurtma
Formani to'ldiring. Admin siz bilan bog'lanib, tafsilotlarni aniqlaydi va tayyor havolani yuboradi.
Savol-javob
Onlayn taklifnoma — bu telefonda ochiladigan chiroyli sahifa. Siz shablonni tanlaysiz, ismlar, sana va manzilni yozasiz, biz esa alohida havola tayyorlaymiz. Havolani Telegram, WhatsApp yoki Instagram orqali mehmonlarga yuborasiz. Ular havolani bosib, taklifnomani ko'radi va kelishini tasdiqlaydi.
Odatda 5–10 daqiqa. Shablonni tanlab, ismlar va sanani yozasiz, rasm va musiqa qo'shasiz. Natijani darhol telefon ko'rinishida ko'rib turasiz. Nashrga yuborilgach, admin tekshiradi va havola ishga tushadi.
Nikoh to'yi, fotiha to'yi, sunnat to'yi, beshik to'yi va yubiley uchun 14 ta dizayn bor. Bundan tashqari uchrashuv, kechki ovqat, tug'ilgan kun va o'yin kechasi uchun interaktiv taklifnomalar mavjud.
Har bir mehmon taklifnomada "Kelaman" yoki "Kela olmayman" deb belgilaydi va tilak qoldiradi. Javoblar kabinetingizda jamlanadi: nechta mehmon kelishi, kim nima yozgani ko'rinadi. Ro'yxatni Excel yoki Word faylga yuklab olish mumkin.
Ha. Tayyor qo'shiqlar ro'yxatidan tanlaysiz yoki YouTube havolasini qo'yasiz — videoning faqat ovozi eshitiladi. Muqova rasmi va 12 tagacha fotosurat qo'shish mumkin. Mehmon musiqani istagan payt o'chirib qo'yishi mumkin.
Bepul shablonlar ham bor. VIP va Premium dizaynlar narxi shablon yonida ko'rsatilgan, aksiya vaqtida chegirma bo'ladi. To'lov bo'yicha taklifnomani nashrga yuborganingizdan keyin admin siz bilan bog'lanadi.
Havola marosimdan keyin ham ochiq qoladi — mehmonlar tilaklarni qayta o'qiy oladi. Kerak bo'lsa, kabinetdan taklifnomani o'chirishingiz mumkin.
Aloqa
To'g'ridan-to'g'ri yozing yoki savolingizni qoldiring, admin javob beradi.